Meni nima qiynaydi? — Mirziyoyev ta’lim sohasiga to‘xtaldi

Prezidentlikka nomzod Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi. Amaldagi davlat rahbari saylovoldi dasturini ma’lum qilish asnosida ta’lim sohasiga e’tibor qaratdi.
— Meni nima qiynaydi? Eng avvalo ta’lim masalasi qiynaydi. Bunga maktabgacha ta’lim ham, o‘rta ta’lim va oliy ta’lim ham kiradi.
Shu sababli ham asosiy e’tiborni ta’limga qaratish lozim. Ayniqsa xalq ta’limiga. Bu masalada milliy dastur qabul qilinadi.
Maktablardagi holat meni juda o‘ylantiradi, tashvishlantiradi, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
Amaldagi davlat rahbarining ta’kidlashicha, kelgusi besh yilda o‘rta maktablarni ta’mirlash va rekonstruksiya qilish bo‘yicha yangi dastur qabul qilinadi.
Dastur doirasida, maktab binolarini qurish, jihozlash va sanitar talablar ilg‘or xorijiy tajribalar asosida, qayta ko‘rib chiqiladi.
Shuningdek, o‘quvchilarning kun davomida vaqtini mazmunli o‘tkazishni nazarda tutuvchi, alohida o‘quv va to‘garaklar dasturi ishlab chiqiladi.
— Ta’lim sohasida Sirdaryo viloyati namuna bo‘ladi. Buning uchun, viloyatdagi maktablarni ta’lim va tarbiya klasteriga aylantiramiz. Bu yerda o‘quvchilar ta’lim olish bilan birga, sport bilan shug‘ullanishi, Ay-Ti texnologiyalari va zamonaviy kasblarni, musiqa va san’atni o‘rganishi uchun barcha sharoitlar yaratiladi, — dedi davlat rahbari.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter