Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazir talabalarni imtiyozlarga tayanib qolmaslikka chaqirdi

Vazir talabalarni imtiyozlarga tayanib qolmaslikka chaqirdi

Foto: Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi matbuot xizmati

Bugun, 15-mart kuni Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vaziri Inom Majidov respublika oliy ta’lim muassasalari talabalari bilan onlayn muloqot o‘tkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Ikki soatdan ko‘proq vaqt davom etgan muloqotda vazir talabalarni qiziqtirgan savollarga javob berdi. Xususan, o‘quv jarayonlarini samarali tashkil etish; to‘lov-kontrakt asosida o‘qish shartlari va stipendiya; imkoniyati cheklangan va nogironligi bor talabalarning o‘qishi, turar joy bilan hamda maxsus adabiyotlar bilan ta’minlanishi; xorijda ta’lim olish va boshqa mavzularda qiziqarli muloqot bo‘lib o‘tdi.

Onlayn muloqotda hozirda talabalar uchun imtiyozlar ko‘pligi, kelgusida ularning soni oshirilishi, biroq imtiyozlarga tayanib qolish kelajakda mehnat bozorida o‘z o‘rnini topishga to‘sqinlik qilishi mumkinligini  ham ta’kidlandi.

Muloqotda joylardagi studiyalardan turib barcha oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan nogironligi bo‘lgan, yetimlik va chin yetimlikda o‘sgan, ijtimoiy muhofazaga muhtoj, iqtidorli va tashabbuskor talaba-yoshlar vakillari ishtirok etdi.

Oldinroq, vazirlik universitetlar reytingi agentligi bilan shartnoma imzolagani ma’lum bo‘lgandi.

 

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring