Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonda Amerika universiteti ochildi

O‘zbekistonda Amerika universiteti ochildi

Toshkent shahrida Amerika texnologiyalar universiteti tashkil etildi. 

Prezident qaroriga ko‘ra, universitet muhandislik, sog‘liqni saqlash, axborot texnologiyalari, arxitektura va dizayn, iqtisodiyot va moliya, xalqaro munosabatlar sohalari uchun oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlaydi.

Universitet faoliyati 2024/2025-o‘quv yilidan boshlanib, talabalarni o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi. 

Bitiruvchilarga Arizona davlat universitetining yoki Amerika Qo‘shma Shtatlarida tan olinadigan hamkor xorijiy oliy ta’lim tashkilotining diplomi beriladi. Bunda bitiruvchilarga berilgan diplom O‘zbekiston Respublikasida tan olinadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring