Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda Finlyandiya tajribasi o‘rganilmoqda

O‘zbekistonda Finlyandiya tajribasi o‘rganilmoqda

Finlyandiya tajribasi bilan tanishish maqsadida Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida onlayn-uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuv davomida har ikkala tomon tanishuv taqdimotlarini namoyish etdi.

JAMK kasbiy o‘qituvchilarni tayyorlash maktabi vakili doktor Pekka Risku, JAMK amaliy fanlar universiteti Global ta’lim xizmatlari bo‘limi rahbari Xeikki Pusa, O‘qituvchilar malakasini oshirib bo‘lim boshlig‘i Juxa Xauntanen, O‘qituvchilar ta’limi va global ta’lim koordinatori Yeva Lextonenlar so‘zga chiqib, fin ekspertlarining ilg‘or tajribalari, ochiq va yuqori sifatli o‘qitish tizimidagi o‘ziga xos jihatlarga alohida to‘xtalib o‘tdi.

Finlyandiya pedagogik ta’limni oliy ta’limning eng nufuzli yo‘nalishlaridan biriga aylantirgan davlatlardan biri bo‘lganligi bois, endilikda Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti JAMK amaliy fanlar universiteti bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishib olindi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring