Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga qabul uzaytirildi

Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlariga qabul uzaytirildi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari hamda Prezident maktablarining bo‘sh o‘rinlarga o‘qishga hujjatlar qabuli, ko‘p sonli ota-onalarning talablariga binoan, joriy yilning 10 iyul kuniga qadar uzaytirildi.

Prezident maktablariga qabul faqat 4-sinfdan 5-sinfga o‘tayotgan o‘quvchilar uchun 30-iyunda yopiladi. Qolgan bo‘sh o‘rinlarga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

Ijod maktablariga qabul 30 iyunda to‘liq yopiladi.

Ixtisoslashtirilgan maktablarning barchasiga qabul 10-iyulga qadar uzaytiriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring