Kirish imtihonida beriladigan test topshiriqlarining o‘zi sinovdan o‘tkazildi

Test topshiriqlari bazasini takomillashtirish maqsadida joriy yilning 27-28-fevral va 1-2-mart kunlari Toshkent shahridagi 19 ta akademik litsey va 6 ta kasb-hunar kollejida oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul test sinovlarida qo‘llaniladigan test topshiriqlari aprobatsiyadan* o‘tkazildi.
Matematika, fizika, tarix, kimyo, biologiya va informatika fanlaridan test topshiriqlarini aprobatsiyadan o‘tkazishda akademik litsey va kasb-hunar kollejlarining 2000 nafardan ortiq o‘quvchilari ishtirok etdi.
Aprobatsiya natijalari bo‘yicha test topshiriqlarining statistik tahlili amalga oshiriladi hamda mutaxassislar tomonidan test topshiriqlari takomillashtiriladi, deyiladi DTM axborot xizmati xabarida.
Aprobatsiya — tekshiruvdan, sinovdan yoki muhokamadan o‘tkazib tasdiqlash, ma’qullash.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter