Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori almashdi

Toshkent davlat stomatologiya instituti rektori almashdi

Foto: Stomatologiya instituti matbuot xizmati

Tibbiyot fanlari doktori Nodir Qodirovich Haydarov Toshkent davlat stomatologiya institutiga rektor etib tayinlandi. Bu haqda universitet matbuot xizmati xabar berdi. 

Nodir Qodirovich 2010-yilda Buxoro davlat tibbiyot institutini tamomlagan.

Toshkent davlat stomatologiya instituti «Nevrologiya» kafedrasi mudiri, Toshkent davlat stomatologiya instituti bolalar stomatologiyasi fakulteti dekani lavozimlarida faoliyat yuritib keldi. 2019-yilda Xalq deputatlarining Toshkent shahar kengashi deputati etib saylangan. Tibbiyot fanlari doktori.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetiga ham rektor tayinlangandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring