Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Vazirlik tizimi kengaytirildi

Vazirlik tizimi kengaytirildi

Vazirlar Mahkamasi tomonidan 20.05.2021 yildagi «Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida»gi Qonun (16.12.2019 yildagi O‘RQ-595-son) qabul qilinishi munosabati bilan hukumatning ayrim qarorlariga o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risidagi 320-son qaror qabul qilindi.

Xususan, VMning 21.11.2017 yildagi «O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi to‘g‘risidagi nizomni hamda Maktabgacha ta’lim muassasalari rahbar va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti ustavini tasdiqlash haqida»gi 929-son qarorining 9-bandi quyidagi tahrirda bayon etildi:

Vazirlik tizimiga quyidagilar kiradi:

  • Vazirlikning markaziy apparati;
  • hududiy bo‘linmalar;
  • Maktabgacha ta’lim tashkilotlari direktor va mutaxassislarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti;
  • «Ilk Qadam» jurnali tahririyati;
  • davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari;
  • Axborot va pedagogika texnologiyalari innovatsion markazi;
  • Maktabgacha ta’limni rivojlantirish jamg‘armasi;
  • Ixtisoslashtirilgan loyiha-izlanish instituti;
  • Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi;
  • Maktabgacha ta’lim vazirligining pedagogika kollejlari.

 30.07.2018 yildagi 595-son VMQ bilan tasdiqlangan Oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari hamda oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalari faoliyati bo‘yicha ruxsatnoma berish tartibi to‘g‘risidagi nizomlarga o‘zgartirishlar kiritildi.

25 nafargacha bolani (amaldagi variantda –12 nafargacha bolani) tarbiyalashni nazarda tutuvchi oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim muassasalarini moddiy-texnik va metodik jihatdan ta’minlash shaklidagi davlat-xususiy sheriklik loyihasi xususiy sherikning tashabbusi bilan, tanlov o‘tkazilmay va taqdim etilgan hujjatlarni o‘rganish asosida ular bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazish orqali amalga oshiriladi.

DXSh to‘g‘risidagi shartnomani tuzish mexanizmlari, xususan, ariza taqdim etish, hujjatlarni ko‘rib chiqish bosqichlari va boshqalar batafsil bayon etildi.

Amaldagi normativ-huquqiy hujjatlarga boshqa o‘zgartirishlar va qo‘shimchalar ham kiritildi, shuningdek o‘z kuchini yo‘qotgan hujjatlar ro‘yxati tasdiqlandi.

Hujjat Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasida e’lon qilingan va 21.05.2021 yildan kuchga kirdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring