Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun yangi innovatsion olimpiada tashkil qildi

Xalq ta’limi vazirligi o‘quvchilar uchun yangi innovatsion olimpiada tashkil qildi

Foto: Xalq ta’limi vazirligi

Xalq ta’limi vazirligi iqtidorli o‘quvchilar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, o‘zaro do‘stona munosabatlarini mustahkamlash, o‘quvchilarning intellektual qobiliyatlarini rivojlantirish, ularning fanlar bo‘yicha bilim va malakalarini almashishlariga hamda fanlardan olgan bilimlarini namoyon etishlariga imkoniyat yaratish maqsadida joriy yildan boshlab innovatsion olimpiada tashkil etmoqda. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Innovatsion olimpiadani tashkil etish jarayonida vazirlik shu kungacha o‘quvchilar o‘rtasida o‘tkazilgan fan olimpiadalaridan olingan tajribaga, qolaversa, ota-onalar, keng jamoatchilik vakillari va ekspertlar taklif-mulohazalariga tayanildi.

Yana bir muhim jihati, vazirlik innovatsion olimpiadani adolatli, oshkora va shaffof tashkil etish, haqqoniy baholashni ta’minlash, jamoatchilik nazoratiga keng imkon yaratishga alohida e’tibor qaratildi.

Jumladan, test sinovlari onlayn tarzida Respublika tashkiliy qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan elektron dastur yordamida o‘tkaziladi.

Innovatsion olimpiadaning barcha bosqichlarida tashkiliy qo‘mita, hay’at a’zolarining farzandlari, o‘quvchilari yoki yaqin qarindoshlari ishtirok etayotgan bo‘lsa, ushbu shaxslar tegishli qaror asosida tashkiliy qo‘mita yoki hakamlar hay’ati a’zolari tarkibidan chiqariladi.

Qolaversa, tanlovning adolatli va shaffof o‘tkazilishini ta’minlash maqsadida g‘oliblarning yoki boshqa qatnashchilarning ishlarini jamoa rahbarlariga, ishtirokchilarga va ularning ota-onalariga ko‘rsatishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, innovatsion olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar kelgusida nufuzli xalqaro miqyosda o‘tkaziladigan fan olimpiadalarida mamlakatimiz nomidan ishtirok etishga tavsiya etiladi.

Innovatsion olimpiadani tashkil etish davomida mutaxassislar, pedagoglar, ota-onalar va keng jamoatchilikning fikri o‘rganib boriladi. Konstruktiv taklif va mulohazalar asosida olimpiadani o‘tkazish tartibiga o‘zgatirish kiritish mumkin.

Hozirda innovatsion olimpiadaning hududiy bosqichlari yakunlandi. Shu yilning 13-15-aprel kunlari respublika bosqichi 7 ta hududda bo‘lib o‘tadi.

Innovatsion olimpiada o‘tkazilish jarayonlari, natijalari to‘g‘risida axborotlar, test savollaridan namunalar vazirlikning www.uzedu.uz rasmiy saytida e’lon qilib boriladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring