Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yangi petitsiya: O‘zbekistonda maktab direktorlari saylovini joriy etish taklif qilindi

Yangi petitsiya: O‘zbekistonda maktab direktorlari saylovini joriy etish taklif qilindi

Foto: «13-dimi.uz»

«Mening fikrim» jamoaviy murojaatlar portaliga maktab direktorlari saylovini joriy etish haqidagi petitsiya joylashtirildi.

Murojaat muallifining qayd etishicha, maktab direktorlari maktab joylashgan hududda ta’lim va tarbiya uchun asosiy javobgar va mas’ul shaxslardan biri hisoblanadi. Ko‘p hollarda, garchi munosib bilim, tajriba va salohiyatga ega bo‘lmasa ham maktab direktorligi lavozimiga tuman (shahar) xalq ta’limi bo‘limlari mudirlari o‘zlari istagan shaxslarni tayinlaganiga guvoh bo‘linmoqda.

«Bu albatta, farzandlarimizning tarbiyasida o‘zining natijasini ko‘rsatmay qolmaydi. Buning oldini olish uchun Xalq ta’limi vazirligi huzurida ko‘p yillik tajribaga ega, halol, faxrli pedagoglardan iborat tarkibda Kengash tuzish lozim. Bu, o‘z navbatida, Kengash tomonidan nomzodlarni ko‘rib chiqish va direktorlikka munosib nomzodni saylash imkoniyatini yaratadi», deyiladi murojaatda.

Izohlar 2

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring