Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

1-iyun kuni «One Million Uzbek Coders»ning yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tadi

1-iyun kuni «One Million Uzbek Coders»ning yakuniy imtihoni bo‘lib o‘tadi

1-iyun kuni «One Million Uzbek Coders» bepul ta’lim loyiha doirasida yakuniy imtihon bo‘lib o‘tadi.

Yakuniy imtihonga kirish uchun talabalar kursning barcha topshiriqlarini bajarishlari, laboratoriya ishlarini o‘tishlari kerak.

Imtihonda qatnashish uchun ro‘yxatdan o‘tish muddati: 2020-yil 29-may.

Final imtihonidan muvaffaqiyatli o‘tgan ishtirokchilar Udacity Nanodegree grantlari uchun kurashishlari va nanodiplomni (Nanodegree) qo‘lga kiritishlari mumkin. Mazkur diplom yirik IT-kompaniyalar — Google, AT&T, Autodesk, Cloudera, Salesforce va boshqalar tomonidan tan olinadi. Yana bir muhim ma’lumot: faqat eng yaxshi 50 nafar talaba Udacity Nanodegree grantini oladi!

Nanodegree grantlari uchun yakuniy imtihonga ro‘yxatda o‘tish uchun qo‘llanma: uzbek_coders_enrolling_to_the_final_assessment_instructions-1

«One Million Uzbek Coders» («Bir million o‘zbek dasturchi») — Respublikamizda keng aholi qatlamini masofaviy maxsus onlayn-portal orqali IT-yo‘nalishlari bo‘yicha tayyorlashga yo‘naltirilgan yirik loyiha.

Mazkur loyiha Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan BAA «Dubai Future Foundation» jamg‘armasi, IT-Park qoshidagi IT-akademiya, Toshkent shahridagi Inha universiteti va Muhammad al-Xorazmiy IT-maktabi bilan birgalikda amalga oshirilmoqda.

Loyiha bo‘yicha dasturlashni masofaviy ta’lim orqali o‘rgatishga mo‘ljallangan www.uzbekcoders.uz portali hamda «Udacity.com» xalqaro ta’lim platformasi o‘zbek tilida ishga tushirildi.

Birinchi bosqichda loyiha global mehnat bozorida eng dolzarb bo‘lgan to‘rtta yo‘nalishni qamrab oldi: ma’lumotlarni tahlil qilish (Data-analytics), Android platformasida ishlanmalar yaratish, FrontEnd (frontend) va fullstak (FullStack). Umumiy kurs 120 soatga mo‘ljallangan.

Batafsil: http://uzbekcoders.uz/ 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring