Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

3D-printer yordamida 24 soat ichida uy qurish boshlandi (video)

3D-printer yordamida 24 soat ichida uy qurish boshlandi (video)

Foto: «Hi-News»

Bir kun ichida to‘laqonli mehmonxona, oshxona va boshqa qulayliklariga ega uyni qurishning iloji bormi? Bir qarashda buni amalga oshirib bo‘lmaydi, biroq zamonaviy texnologiyalar bir joyda qotib turgani yo‘q va ular bizning hayotimizni yaxshilashga xizmat qilmoqda.

Yaqin-yaqingacha 3D-printerlardan faqat mayda detallarni yaratishda foydalanilgan bo‘lsa, bugunda ularning imkoniyati ancha kengaydi. «Hi-News» 3D-printerlar yordamida yaratilgan materiallardan foydalanib 24 soatda qurilgan uy haqida ma’lumot berdi.

Uyni «bosib chiqarish» bilan Amerikaning «ICON» startapi hamda «New Story» xayriya tashkiloti shug‘ullanishga qaror qildi. Dasturchilarning aytishicha, 60 kvadrat metr maydonli uyga kerak bo‘ladigan materiallarni bosib chiqarish uchun qurilish printeriga 12—24 soat kerak bo‘lar ekan. Bundan tashqari «ICON» kompaniyasi vakillari ta’kidlashicha, ularning uyi fasadi to‘liq dastur kodlari yordamida bosib chiqarilgan va odamlar yashashiga ruxsat berilgan birinchi 3D uylar hisoblanadi.

Foto: «Hi-News»

Shuningdek, bu kabi uylar (maydoni 80 kvadrat metrdan oshmaydigan) ancha arzon — bitta binoning narxi 10 ming dollardan oshmaydi, biroq ekspertlar kelajakda narxlar yana 2 barobarga arzonlashishi mumkinligini aytmoqda.

Hozirda materiallarni bosib chiqarish bilan «Vulcan» kompaniyasiga tegishli 3D-printerlar shug‘ullanmoqda. Ulkan konstruksiyaga ega ekanligiga qaramay, uni osongina siljitish mumkin. «Vulcan» 100 ta qatlamga ega oddiy beton bosib chiqaradi va u qurish vaqtida shaklini o‘zgartirmaydi. Devorlar esa 2—3 kun davomida quriydi, biroq undan ishlab chiqarilishi bilan foydalanish mumkin.

Birinchi uy Ostinda bosib chiqarildi — aynan shu yerda kompaniyaning shtab-kvartirasi joylashgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring