Buxoroda yangi IT-markaz o‘z ishini boshladi
Buxoroda aholini axborot texnologiyalari mutaxassisliklari bo‘yicha o‘qitish, kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni o‘rgatish uchun zamonaviy infratuzilma bilan jihozlangan yangi IT-markaz ishga tushirildi.
Qayd etilishicha, ushbu markazda talabalarning amaliy ko‘nikmalarini oshirish maqsadida turli xil amaliy va laboratoriya mashg‘ulotlari, qo‘shma loyihalar, shuningdek, Buxorodagi markaz rezidentlari bilan frilans va startap loyihalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, 2020-yil oxiriga qadar Buxoro viloyatida yana 6 ta, 2021-yil oxiriga qadar esa viloyatning barcha shahar va tumanlarida jami 13 ta IT-markazlar ochiladi.
Bundan tashqari, 2020-yil oxiriga kelib, «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida mintaqadagi 533ta umumta’lim maktab 7–11 sinflarida 134,4 ming o‘quvchini o‘qitish rejalashtirilgan.
Ushbu chora-tadbirlarni amalga oshirish natijasida 2022-yil oxiriga qadar Buxoro viloyatida AKT sohasiga ixtisoslashgan 2000 nafar malakali mutaxassis tayyorlanadi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter