Dunyoning eng qimmat brendlari e’lon qilindi

2024-yil yakunlariga ko‘ra, Apple qatorasiga ikkinchi marta dunyodagi eng qimmat brendga aylandi. Brand Finance Global 500 an’anaviy yillik hisobotida ko‘rsatilishicha, o‘tgan yili korporatsiya brendi qiymati 11 foiz oshib, 574,5 mlrd dollarga yetgan.
Reytingda ikkinchi — Microsoft. Brend yil davomida 35 foiz qimmatlab, 461,1 mlrd dollarga baholanmoqda. Uchinchi o‘rindan joy olgan Google qiymati 413 mlrd dollarga yetgan (+24 foiz).
To‘rtinchi o‘rinni Amazon, beshinchi qatorni Walmart savdo-sotiq giganti band etdi. Top-5 faqat AQSh brendlaridan tashkil topdi.
Top-10 ga shuningdek: Samsung (Janubiy Koreya); TikTok (Xitoy); Facebook (AQSh); Nvidia (AQSh); State Grid Corporation of China (Xitoy elektr tarmoqlari kompaniyasi) kirdi.
Top-500 ga esa AQShning 193, Xitoyning 69, Germaniyaning 27 brendi kirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter