Ikki soatlik uzilishdan so‘ng «Telegram» yana ishladi

Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida, jumladan O‘zbekistonda ham «Telegram» ishlamay qolgani haqida xabar bergan edik.
Deyarli ikki soat ishlamagan messenjer faoliyati nihoyat qayta tiklandi.
Eslatib o‘tamiz, «Telegram» ushbu holatga izoh berar ekan, uzilish sabablarini aniqlayotgani va tez orada muammoni bartaraf etishga harakat qilishini bildirgan edi.
«Telegram» asoschisi Pavel Durovning messenjer ishidagi nosozlik Yevropada serverlarda elektr ta’minoti uzigani tufayli yuz berganini ta’kidladi.
Garchi «Telegram» yana ishlay boshlagan bo‘lsa-da, ammo holati barqaror emas. Unda qisqa uzilishlar va boshqa muammolar hamon kuzatilmoqda.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter