Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

«iPhone»dagi barcha ma’lumotlarni o‘g‘irlashning usuli aniqlandi

«iPhone»dagi barcha ma’lumotlarni o‘g‘irlashning usuli aniqlandi

Foto: «Hi-tech.mail.ru»

«Symantec» kompaniyasi mutaxassislari «Apple» qurilmalaridagi barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashlashda foydalanish mumkin bo‘lgan nuqsonni aniqladi. «Trustjacking» nomini olgan nuqson «iTunes Wi-Fi» texnologiyasida mavjud bo‘lib, uning yordamida «iOS» qurilmasining egasi ma’lumotlarni jismoniy ulanishni amalga oshirmasdan turib uzatadi, deb xabar beradi «Hi-tech.mail.ru».

Tadqiqotchilarning ma’lumotlariga ko‘ra, yovuz niyatli kimsalar qurilma Wi-Fi tarmog‘iga ulanish uchun ishlab chiqadigan kalitlarni egallab olishlari mumkin. Bunda sinxronlash muntazam amalga oshirilgani sabab, hujum birdaniga sodir bo‘lmasligi ham mumkin.

Bu orqali esa smartfon yoki kompyuterda saqlanayotgan barcha ma’lumotlarga ega chiqish, shuningdek, «qurbon»ning barcha harakatlarini kuzatish mumkin. Bundan tashqari hujum uyushtirganlarga dasturlarni o‘chirish yoki o‘rnatish imkoniyatini beradi.

Qurilma noma’lum ulanishga «ishonch» bildirgan holda yuqoridagi nuqsondan foydalanish mumkin bo‘ladi. Shu sababli yangi «iPhone» gadjetlariga ulanishdan oldin doim «tasdiqlash»ni bajarish lozim.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring