Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Janubiy Koreyada rasman fazoviy agentlik ochildi

Janubiy Koreyada rasman fazoviy agentlik ochildi

Foto: Korea Times

Janubiy Koreya aerokosmik agentligi (KASA) rasman ish boshladi. Bu haqda KASA rahbari Yun Yon Bin bayonot berdi.

«KASAning tashkil etilishi xususiy sarmoyalar yordamida kosmik sanoat ekotizimini shakllantirish yo‘li bilan Janubiy Koreyaning fazoviy iqtisodiyot markazi sifatida shakllanishida muhim bosqich hisoblanadi», — Yun Yon Binning so‘zlarini keltirdi Yonhap agentligi.

Agentlik shtab-kvartirasi mamlakat janubidagi Sachxon shahrida joylashgan bo‘lib, bu yerda 300 kishi faoliyat boshlaydi. Tashkilotga mamlakatning fazo sohasidagi milliy startegiyasini ishlab chiqish, ilmiy tadqiqotlar va tajriba-konstruktorlik ishlari borish, kadrlar tayyorlash, kosmik sanoatni rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish kabi vazifalar yuklangan. KASA 2032-yilda Oyga, 2045-yilda Marsga missiyalar jo‘natish bo‘yicha loyihalarni ham nazorat qiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring