Kompyuterdagi reklamalarni qanday qilib o‘chirsa bo‘ladi: haqiqatda foydasi tegadigan 5 dastur

Brauzeringiz saytlarni o‘zi ochib, sahifani reklama yoki boshqa qidiruv tizimlariga to‘ldirib yubormoqdami? «Layfxaker»ning tavsiyasiga ko‘ra, quyida nomlari keltiriladigan dasturlar bu borada sizga yordam beradi.
«AdwCleaner»
Oddiy, yengil va murakkab o‘rnatish jarayonini talab etmaydigan dastur. «AdwCleaner» brauzerlar «o‘g‘irlovchi» nomli keraksiz va sozlamalar panerlida paydo bo‘ladigan shubhali ob’yektlarni o‘chirib tashlaydi.
«AdwCleaner»ni yaqinda «Malwarebytes» nomli antivirusni yaratgan ixtirochi sotib olgan edi. Yaxshiyamki ushbu yangilik uning narxiga ta’sir ko‘rsatmadi va u hamon bepul.
«Avast Free Antivirus»
«Avast Free Antivirus» — reklama dasturlarini o‘chirishga mo‘ljallangan mashhur antivirus. U viruslar va xakerlar hujumidan himoya qilishdan tashqari, brauzerni muntazam tekshirib turib keraksiz narsalarni o‘chirib tashlaydi. «Avast Free Antivirus» ma’lumotlarni o‘g‘irlashi mumkin bo‘lgan hamda qidiruv tizimining sozlamalarini o‘zgaritishga qodir xavfli dasturlarni o‘chirishga ixtisoslashgan.
Mazkur utilitaning bepul variant bo‘lishiga qaramay, uning pulli versiyasini sotib olish sizning kompyuteringiz xavfsizligini yanada yaxshiroq ta’minlaydi.
«Zemana AntiMalwar»
«Zemana AntiMalwar» brauzer «o‘g‘irlari» hamda «Adware» tipidagi o‘chirib bo‘lmas dasturlarga qarshi kurashadi. Bundan tashqari ushbu Zemana ta’magir dasturlardan haqiqatda himoya qiladi. 11 kun davomida undan bepul foydalanish mumkin, shundan keyingina dastur uchun yiliga 11 dollardan to‘lashga to‘g‘ri keladi.
«HitmanPro»Ushbu dastur ham «Zemana AntiMalwar» kabi kompleks himoyani taqdim etadi. U barcha turdagi reklamalarni bloklash bilan birga, foydalanuvchilarni «fishing» hujumlar va veb-kamera orqali kuzatuvlardan himoya etadi. Shuningdek, uni alohida o‘rnatish ham talab etilmaydi.
«HitmanPro»dan 30 kun davomida bepul foydalanish mumkin, shundan so‘ng yiliga 25 dollardan to‘lashga to‘g‘ri keladi.
«Bitdefender Adware Removal Tool»
«Bitdefender» kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan ushbu dastur — yuqoridagi ro‘yxatda Mac kompyuterlari uchun mo‘ljallangan yagona dastur hisoblanadi. «Bitdefender Adware Removal Tool» kabi «macOS» brauzerlarida reklamalarning chiqib qolishini ta’minlaydigan mashhur asfgadj dasturlarga qarshi kurashadi. Uning «Mac» versiya bepul, biroq «Windows» foydalanuvchilari 10 dollar to‘lashi kerak.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter