«Motorola»ning uchinchi yurishi «o‘xsharmikin?»

Bir paytlar qo‘llardan tushmagan afsonaviy Motorola Razr qaytmoqda, bu safar smartfon qiyofasida. Garchi dastlabki ikki urinish «o‘xshamagan» bo‘lsa-da, Xitoyning «Lenovo» kompaniyasi («Motorola» oxirgi yillarda shu kompaniya tarkibida) mobil yo‘nalishi rahbarining «uchinchi» smartfondan umidi katta.
Chen Jin (rahbar) bu haqda «Weibo» ijtimoiy tarmog‘ida yozdi. Chen ushbu smartfon kuchli protsessor, takomillashgan intefeys, o‘zgartirilgan dizaynda chiqishiga va’da berdi.
2020-yil oxirida taqdim etilgan Razr-2 birinchisidan faqat 5G-tarmoqlarda ishlashi va yana ayrim arzimas xususiyatlari bilan ajralib turgan. Qimmat narx, didga o‘tirmagan xususiyatlar, ishlatishning noqulayligi, xullas, aksariyat sharhlovchilar bu smartfonni xarid qilmaslikka chaqirishgandi.
Xuddi shunga o‘xshash Samsung Galaxy Z Flip 3 nisbatan yaxshi baholandi. Yaqinda esa egiluvchi ekranli vertikal buklama smartfonni «Huawei» (Xitoy) ham taqdim etdi. Kutamiz va ko‘ramiz, «Motorola»ning uchinchi yurishi «o‘xsharmikin».
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter