Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

MWC 2018: «Huawei» ilg‘or planshetofonlarni taqdim qildi (foto)

MWC 2018: «Huawei» ilg‘or planshetofonlarni taqdim qildi (foto)

Foto: «Priceprice.com»

«Huawei» kompaniyasi bugun, 25-fevral kuni jamoatchilikka 10.8 va 8.4 dyuymli «MediaPad M5» planshetini tanishtirdi. MWC 2018 anjumani doirasida bo‘lib o‘tgan taqdimotda ekrani WQXGA (2560 x 1600 pikselli) sig‘imli, 2.5D qayrilma displeyi bilan qoplangan, 8 yadroli «Kirin 960» chipiga ega planshetlar taqdim qilindi, deb xabar berdi «Terabayt».

Har ikkala devays «Android 8.0» (Oreo) tizimining o‘zlashtirilgan EMUI 8.0 proshivkasida ishlaydi. Ulardagi bosh kamera uchun 13 megapiksel aniqligidagi kamera tanlangan. Bu kamerada fazali avtofokus funksiyasi mavjud.

Metall korpusli planshetlarning old panelidagi bosh tugmada barmoq izi skaneri bor. 10.8 dyuymli talqin 4 ta, 8.4 dyuymlisi esa 2 ta karnayga ega bo‘lgan.

5100 va 7500 mA soat tok sig‘imiga ega akkumulyatorlar tezkor quvvat olish texnologiyasiga ega. Yuqori talqindagi planshetni klaviaturaga ulasa ham bo‘ladi.

«Huawei MediaPad M5» (10 dyuymli) jihatlari:

Displey: 10.8 dyuymli, 2560 x 1600 pikselli (WQXGA), 2.5D qayrilma shisha;

Protsessor: 8 yadroli «Huawei Kirin 960» (4 x 2.4 Ggs A73+ 4 x 1.8 Ggs A53) + «i6» yordamchi chipi, «Mali G71» video kartasi;

Xotira: 4 gigabaytli tezkor va 32 / 64 /128 Gb doimiy xotira, qo‘shimcha xotira uchun bo‘lmacha mavjud (128 Gb);

Operatsion tizim: «Android 8.0» (Oreo) EMUI 8.0;

Kamera: 13 Mp bosh, avtofokus va fazali avtofokus. 8 megapikselli old kamera;

Sensor: Barmoq izi skaneri va boshqalar;

O‘lchamlari: 258.7 x 171.8x 7.3 mm; og‘irligi: 498 gramm;

Aloqa imkoniyatlari: 4G LTE, Wi-Fi 802.11 ac (2.4/5GHz), Bluetooth 4.2 LE, GPS, USB Type-C.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring