Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Onlayn tarzda TV tomosha qiladiganlar uchun eng yaxshi 3 ta servis

Onlayn tarzda TV tomosha qiladiganlar uchun eng yaxshi 3 ta servis

Foto: «Layfxaker»

«Layfxaker» yo‘lda ketayotganingizda sevimli ko‘rsatuv yoki futbol uchrashuvini ko‘rishingizga imkon beradigan ajoyib servislar haqidagi ma’lumotlar bilan bo‘lishdi.

«Tviz»

Platformalar: «Android», «iOS».

Kanallar soni: 200 dan ortiq, ularning 160 tasi bepul.

Mobil dasturdagi barcha telekanallar to‘g‘ridan-to‘g‘ri efir orqali uzatiladi, yozib olingan dasturlarni ko‘rishning imkoniyati yo‘q. Kontentning bir qismini pul to‘lamasdan ko‘rish mumkin, biroq unda reklamalar mavjud. Shuningdek, servisning pulli variant ham bo‘lib, u orqali siz turli kanallar guruhidan foydalanishingiz mumkin. Eng arzon tarif bir oy uchun 29 (51 sent) rubldan boshlanadi.

«Tviz»dan televizor uchun dastur-kompanon sifatida ham foydalansa bo‘ladi. U televizor tomosha qilayotganingizda efirdagi dasturni ovozidan taniydi va profiliga chiqaradi: nomi, mazmuni, rasmiy sayti, jadvali va hokazo. Bundan tashqari «Tviz» siz istagan teledasturlarning efirga uzatilish vaqti haqida ogohlantirish jo‘natib turadi.

«Laym HD TV»

Platformalar: «Android», «iOS», Windows, Smart TV, pristavkalar.

Kanallar soni: 200 dan ortiq, ularning 50 tasidan mobil qurilamalar uchun bepul foydalanish mumkin.

Ma’lum bir foydalanuvchi uchun mo‘ljallangan kanallar soni platforma va tarif rejasiga bog‘liq. Masalan, «Laym HD TV» mobil dasturi orqali 50 ta kanalni bepul, biroq reklama bilan ko‘rish mumkin. «Android» va «iOS»lar uchun reklamalarni olib qo‘yish bahosi oyiga 49 rubl (87 sent). Boshqa kanallardan foydalanish uchun yana pul to‘lash lozim. Qolgan platformalar uchun faqatgina pulli tariflar mavjud.

«Laym HD TV» orqali ko‘rsatuvlarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘rish va yozib olish mumkin. Bundan tashqari ayrim ta’riflar onlayn-kinoteatrlardagi film va seriallarni o‘z ichiga oladi.

«Peers.TV»

Platformalar: veb, «Android», «iOS», Smart TV, pristavkalar

Kanallar soni: 80 dan ortiq, ulardan salkam 30 tasi bepul

«Peers.TV» to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirlarni namoyish etish bilan birga, yaqinda efirga uzatilgan ko‘rsatuvlarni ham ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi. Shuningdek, siz shaxsiy arxivingizga yozib olingan ko‘rsatuvlarni ham qo‘shishingiz mumkin, mazkur ko‘rsatuv u yerda bir oy saqlanadi. «Peers.TV» orqali seriallar va filmlar ko‘rishning iloji bor.

Servisning bepul versiyasida reklamalar bor va ayrim kanallar bloklangan. 59 rubl (1,05 dollar) evaziga siz 5 ta pulli kanallardan foydalanish va reklamalarni o‘chirib qo‘yish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

Ta’kidlash kerakki, servis fimlarni va translyasiyalarni yuklab olib, oflayn rejimda ko‘rish imkoniyatini taqdim etadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring