Tabiiysidan ham chidamliroq sun’iy tish emali yaratildi
Results in Engineering jurnali yozishicha, Ural federal universiteti (UrFU) olimlari voronejlik va Al-Azhar universiteti (Misr)da ishlovchi hamkasblari bilan hamkorlikda gidroksiapatit kristallaridan sun’iy emal olishdi.
Emal muayyan sharoitda organik kislotalar, jumladan, arginin, lizin va gistidin kabi aminokislotalar ishtirokida yaratiladi.
Tish emali — inson organizmidagi eng chidamli to‘qima.
Olingan ashyo haqiqiy tish yuzasiga surtilib, mineral qatlamning hosil bo‘lish jarayoni kuzatildi. Tajriba yakunida qalinligi 300-500 nanometrli qatlam hosil bo‘lishi va u tabiiy tish qatlamidan chidamliroq ekani ma’lum bo‘ldi, deyiladi xabarda.
Yangi ishlanma shikastlangan yuza (emal qatlami)ni tiklab, tishni yemirilishdan saqlashda qo‘llanilishi kutilyapti.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter