Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xitoy bir kilometrli quyosh fermasini fazoga chiqaradi

Xitoy bir kilometrli quyosh fermasini fazoga chiqaradi

Illyustrativ foto

Xitoy kengligi bir kilometrli quyosh fermasini qurishga kirishdi, deb xabar berdi Dezeen jurnali.

Quyosh fermasi og‘ir raketalar yordamida fazoga olib chiqiladi. Loyihachilarga ko‘ra, u Yer uchun tinmay elektr energiyasini ishlab chiqaradi.

Xitoyliklarning quyosh fermasi geostatsionar orbitada, ya’ni Yer tezligida aylanadi (boshqa mamlakatga ketib qolmaydi). Xitoylik aerokosmik muhandis Lun Lexao loyihani «Uch dara» to‘g‘oniga qiyosladi.

Ma’lumot uchun: Xitoyning markaziy qismida joylashgan «Uch dara» to‘g‘oni — Yanszi daryosini to‘sib qurilgan noyob inshoot. Uning uzunligi 2 335 metrga teng bo‘lib, dunyodagi eng yirik gidroelektrostansiya (GES) hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring