Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi

Xorijga chiqish pasporti uchun to‘lov arzonlashtiriladi

Foto: Xabar.uz

2022-yil 1-yanvardan bir qator davlat xizmatlarini ko‘rsatilishi uchun undiriladigan to‘lovlar kamaytirilmoqda va ayrimlari uchun to‘lov bekor bo‘lmoqda. Bu Prezidentning «Davlat xizmatlari ko‘rsatish infratuzilmasini takomillashtirish va aholining davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida» Farmonida nazarda tutilgan.

Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga xorijga chiqish uchun biometrik pasport berish uchun to‘lov miqdori avval BHMning 1,2 baravari bo‘lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilanadi.

Tadbirkorlik sub’yektlariga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risida yangi namunadagi guvohnoma berish avval Bazaviy hisoblash miqdorining 1 baravari bo‘lsa, endilikda BHMning 20 foizi miqdorida etib belgilanadi.

Shuningdek, xususiy bandlik agentliklari reyestriga kiritish uchun to‘lov avval BHMning 1 baravari bo‘lsa, endilikda BEPUL etib belgilanadi.

Advokatlik byurolarini, advokatlik firmalarini va advokatlar hay’atlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun to‘lov avval BHMning 2 baravari miqdorida bo‘lgan bo‘lsa, endilikda BHMning 1 baravari etib belgilanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring