Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yagona portalda manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Yagona portalda manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etish xizmati yo‘lga qo‘yildi

Foto: «Mitc.uz»

O‘zbekiston Respublikasining Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida fuqarolarga qulaylik yaratish maqsadida manzil-ma’lumot axborotlarini taqdim etishga mo‘ljallangan yangi xizmat joriy etildi.

Ushbu davlat xizmati jismoniy shaxslarga fuqarolarning O‘zbekiston Respublikasi hududida yashash uchun ro‘yxatga olinganligini tasdiqlovchi ma’lumotnomani olish bo‘yicha elektron ariza taqdim etish imkonini beradi.

Mazkur davlat xizmatidan foydalanish uchun fuqarolar Yagona portaldagi o‘zlariining shaxsiy kabinetlariga kirishlari zarur. Portalda shaxsiy kabinet ochish Yagona identifikatsiya tizimi (id.gov.uz) orqali, elektron imzo orqali amalga oshiriladi. Shundan so‘ng «Xizmatlar» bo‘limi orqali foydalanuvchi vakolatli organga elektron ariza yuborishi mumkin.

Foydalanuvchi ushbu xizmat orqali faqat o‘zining shaxsiy manzil ma’lumotlarini so‘rashi va qabul qilishi mumkin. Xizmat bepul va uch ish kunida ko‘rsatiladi. Ushbu ma’lumotnoma fuqaroning yashash manzilini tasdiqlaydigan hujjat hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining 1995-yil 31-maydagi «Ichki ishlar organlarida manzil-ma’lumotlar idorasi ishlarini tashkil qilish bo‘yicha yo‘riqnomani tasdiqlash haqida»gi 149-son buyrug‘iga binoan, ushbu davlat xizmatini ko‘rsatish uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Toshkent shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasi, viloyatlardagi ichki ishlar boshqarmalari vakolatli organ hisoblanadi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring