Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Kompyuter uchun kredit beriladi, o‘qish va imtihon xarajatlari qoplanadi

Kompyuter uchun kredit beriladi, o‘qish va imtihon xarajatlari qoplanadi

Foto: Xabar.uz

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida talaba-yoshlar, mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yigit-qizlar uchun yangi xizmatlar joriy etildi.

My.gov.uz orqali «Bir million dasturchi» loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan va sertifikat olgan yoshlarga kompyuter xaridlari uchun iste’mol kreditlarini ajratish va ularning foiz to‘lovlarini kompensatsiya qilishga ariza yuborish mumkin.

Buning uchun ikki tomonlama kompyuter oldi-sotdi shartnomasi nusxasi bo‘lsa bas. Ariza 3 kundan 5 ish kunigacha ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, «Yoshlar daftari»ga kiritilganlarning xorijiy tillar va umumta’lim fanlari bo‘yicha nodavlat ta’lim tashkilotlarida o‘qish xarajatlarining bir qismini hamda ular bo‘yicha milliy sertifikatlar olish uchun o‘tkaziladigan imtihonlarni topshirish xarajatlarini qoplab berish uchun ariza ham my.gov.uz manzili orqali qabul qilinadi.

Bunda uch tomonlama shartnoma va to‘lov qog‘ozi nusxasi bo‘lsa kifoya. Ariza 15 kundan 30 kungacha bo‘lgan muddatda ko‘rib chiqiladi.

Har ikkala xizmat ham mutlaqo bepul.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring