Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Ayol onasining murdasini o‘n yil muzlatgichda saqlagan

Ayol onasining murdasini o‘n yil muzlatgichda saqlagan

Yaponiyada onasining jasadini o‘n yil davomida muzlatgichda saqlab kelgan ayol qo‘lga olindi.

Hibsga olingan Yumi Yeshino o‘z xatti-harakatini 10 yil oldin onasini o‘lik holda topgani va o‘z uyidan chiqib ketmaslik uchun onasining jasadini asrab kelgani bilan izohlagan.

Politsiya jasadga zarar yetkazilmaganini ta’kidlab o‘tgan. Mahalliy hukumat hali ham o‘lim sababini aniqlashga qiynalmoqda.

Murdani uyni tozalovchi ishchi topgan. Bundan avvalroq Yeshino to‘lovlarni amalga oshirmagani uchun uydan ko‘chirilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qo‘shma Shtatlarda bir ayol vafot etgan erining jasadini 10 yil davomida muzlatgichda saqlagani ma’lum qilingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring