«Abraham Lincoln» aviazarba kuchlari Yaqin Sharqqa yetib keldi
AQSh harbiy-dengiz kuchlarining «Abraham Lincoln» aviazarba kuchlari Yaqin Sharqqa yetib keldi. Bu haqda 13-kanal xabar berdi.
Aviatashuvchi va boshqa kemalar Eronga qarshi ehtimolda tutilayotgan harbiy kampaniya doirasidagi mashg‘ulotlarda qatnashadi.
Hududga yaqin kunlarda AQShning THAAD havo hujumidan mudofaa tizimlari ham yetib kelishi kutilmoqda.
Ma’lumot uchun: USS Abraham Lincoln — AQSh harbiy-dengiz kuchlari tarkibiga kiruvchi atom aviatashuvchisi. 1989-yilda ishga tushirilgan ushbu harbiy kema jahondagi eng kuchli harbiy-dengiz platformalaridan biri.
Suv sig‘imi — 880 000 tonna, uzunligi — 332,8 metr. «Linkoln»ga o‘rnatilgan ikkita yadroviy rektor cheklanmagan masofa va muddat harakatlanish va 30 uzel (56 km/s)dan yuqori tezlik olish imkonini beradi. Ikkita yadroviy reaktor birgalikda 260 000 ot kuchiga teng quvvat beradi.
Ekipajining umumiy soni — 5 680 kishi. 90 tagacha samolyot va vertolyotlarni tashiy oladi, eng so‘nggi texnologiyalarga asoslangan hujum va mudofaa qurollari bilan ta’minlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter