Ali Xomanaiyning bevasi hayot — Fars
Eronning marhum oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiyning bevasi Mansure Xo‘jasta Boqirzoda hayot. Bu haqda Fars agentligi xabar berdi.
«Inqilob rahbarining rafiqasi sog‘-omon ekanini ma’lum qilamiz. Uning vafoti haqidagi dastlabki xabarlar haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi», — deyiladi agentlik xabarida. Biroq ma’lumot manbasiga aniqlik kiritilmagan.
Bir necha kun oldin Al Alam telekanali Mansure Xo‘jasta Boqirzoda vafot etgani haqida xabar tarqatgan edi. Muxolifatdagi Iran International telekanali esa 79 yoshli ayol koma holatida ekanini iddao qilgandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, Boqirzoda xonim joriy yilning 2-mart kuni AQSh va Isroil tomonidan Tehronga berilgan zarbalar oqibatida jarohatlangan.
Ma’lumot uchun: Mansure Xo‘jasta Boqirzoda 1947-yilda tadbirkor oilasida tug‘ilgan. U Ali Xomanaiy bilan 1964-yilda turmush qurgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter