Amirliklar Neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkilotini tark etdi
Birlashgan Arab Amirliklari 58 yillik a’zolikdan so‘ng OAPEC (Neft eksport qiluvchi arab davlatlari tashkiloti)dan chiqdi.
Bundan bir necha kun oldin, 28-aprelda BAA asosiy neft karteli — OPEC va uning kengaytirilgan bloki OPEC+ tarkibidan ham chiqishini ma’lum qilgandi.
Amirliklar o‘z neft qazib olish hajmini mustaqil belgilashni va ishlab chiqarishni kuniga 5 million barrelgacha oshirishni maqsad qilgan.
OPEC a’zosi sifatida BAA belgilangan kvotalarga amal qilishi kerak edi. Tashkilotdan chiqish mamlakatga bozor sharoitlariga moslashuvchanroq javob berish imkonini beradi.
Xabarlarda Eron bilan bog‘liq vaziyat va mintaqadagi energetik inqiroz ham ushbu strategik qarorga ta’sir ko‘rsatgani aytilmoqda.
BAAning bu qadami jahon neft bozoridagi kuchlar muvozanatini o‘zgartirishi va narxlarga ta’sir qilishi kutilmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter