Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarini Markaziy Osiyo davlatlariga joylashtirmoqchi

AQSh Afg‘onistondagi qo‘shinlarini Markaziy Osiyo davlatlariga joylashtirmoqchi

FOTO: «Associated press»

The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondan chiqarayotgan qo‘shinlarini Markaziy Osiyo mamlakatlariga qayta joylashtirishi mumkin. Ammo hozircha tegishli kelishuvlar mavjud emas.

Gazetada yozilishicha, AQSh Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlash va Tolibon radikal harakati jangarilarini ushlab turish uchun nafaqat harbiylarni, balki uchuvchisiz samolyotlar, bombardimonchi samolyotlar va artilleriyani ham joylashtirish uchun yangi bazalarga muhtoj.

AQSh hukumati va Mudofaa vazirligi vakillari, Markaziy Osiyodagi qo‘shni davlatlar, Fors ko‘rfazi davlatlari, shuningdek, dengiz flotining alohida kemalariga kelajakda qo‘shinlarni joylashtirish uchun mumkin bo‘lgan joy sifatida qaramoqda.

Bir qator harbiy xizmatchilar va AQSh prezidenti Jo Bayden ma’muriyati vakillari qo‘shinlarni O‘zbekiston va Tojikistonga joylashtirish eng yaxshi yechim bo‘ladi, deb hisoblashadi.

«Ushbu mamlakatlar Afg‘oniston bilan chegaradosh bo‘lib, bu tez orada Yaqin Sharq davlatiga yetib borishga imkon beradi. Biroq ular Rossiyaning mintaqadagi «katta harbiy ishtiroki» va Xitoyning kuchayib borayotgan ta’siri tufayli bu ikki mamlakatda o‘z qo‘shinlarini joylashtirish qiyin deb hisoblashadi», deb yozadi gazeta.

Avvalroq The Wall Street Journal AQShning Yevropadagi ittifoqchilari Amerika tomonidan Afg‘onistondan qo‘shinlarni olib chiqib ketishni iltimos qilganligi haqida yozgan edi.

Bungacha AQSh prezidenti Jo Bayden Amerika Qo‘shma Shtatlari Afg‘onistondagi missiyasini yakunlaganini va 1 maydan boshlab mamlakatdan qo‘shinlarini olib chiqishni boshlashini aytgan edi.

2020 yilda Qo‘shma Shtatlar va Afg‘onistonning «Tolibon» radikal harakati 18 yildan ortiq urush davomida birinchi marta tinchlik shartnomasini imzoladilar. Kelishuvlarga ko‘ra, Amerika qo‘shinlari 1 mayga qadar Afg‘onistonni tark etishi kerak edi.

Keyinchalik AQShning yangi prezidenti Jo Bayden ma’muriyati Tolibon bilan tuzilgan shartnomalarni qayta ko‘rib chiqish niyati borligini ma’lum qildi.

Eslatib o‘tamiz, Amerikaning Afg‘onistondagi harbiy operatsiyasi 2001 yil 11 sentyabrdagi teraktga javoban boshlangan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring