Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh «Al-Qoida» yetakchisi va bin Ladenning izdoshi o‘ldirilganini e’lon qildi

AQSh «Al-Qoida» yetakchisi va bin Ladenning izdoshi o‘ldirilganini e’lon qildi

Ayman al-Zavohiriy.

AQSh rahbariyati «Al-Qoida» yetakchisi Ayman al-Zavohiriyni yo‘q qildi, deb xabar bermoqda Politico, Reuters va AP o‘z manbalarga asoslanib.

Zarba dronlar tomonidan amalga oshirildi, operatsiya dam olish kunlari bo‘lib o‘tgan.

Prezident Jo Bayden ham telemurojaat yo‘llab, Zavohiriy o‘limini tasdiqladi. 

Al-Zavohiriy bin Laden yo‘q qilinganidan keyin guruhni boshqargan.

Xabarda aytilishicha, Zavohiriy Kobuldagi uyida yo‘q qilingan, uning joylashgan o‘rni AQSh maxsus xizmatlariga ma’lum bo‘lgan. Bu 2021-yil avgustda AQSh qo‘shinlari ketgandan so‘ng, amalga oshirilgan ilk harbiy harakatdir.

Ushbu yetakchi 2001-yil 11-sentyabrdagi hujum aybdorlaridan biri sifatida ko‘riladi, 2011-yilda Usama bin Laden Pokistonda yo‘q qilingach, «Al-Qoida» rahbarligiga kelgan. 

Zavohiriyning yashiringan joyi uchun AQSh 25 million dollar mukofot belgilagandi. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring