Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

«Al-Qoida» rahbari kutilmaganda 11-sentyabr teraktlari haqidagi videoda ko‘rinish berdi

«Al-Qoida» rahbari kutilmaganda 11-sentyabr teraktlari haqidagi videoda ko‘rinish berdi

«Al-Qoida» terrorchilik guruhining yetakchisi Ayman al-Zavohiriy 11 sentyabrda, AQShda teraktlar sodir etilganligining 20 yilligiga bag‘ishlangan videoda ko‘rinish berdi. Bu haqda ekstremistlarning axborot faolligini kuzatuvchi Amerikaning ITE Intelligence Group kompaniyasi ma’lum qildi.

Portal ma’lumotlariga ko‘ra, al-Zavohiriy videomurojaatida 2019 yilning dekabrida Floridadagi AQSh harbiy bazasida uch kishini otib tashlagan Saudiya Arabistoni askari Muhammad Said al-Shamroniyni «olqishlagan». Bundan tashqari, tashkilot rahbari murojaat paytida Quddusni «hech qachon yahudiylashmasligini» e’lon qiladi.

Avvalroq sobiq MRB boshlig‘i vazifasini bajaruvchi Maykl Morell al-Zavohiriy Afg‘onistonda ekanligini, «Tolibon» a’zolari orasida boshpana topganligini ma’lum qilgandi.

2019 yilda al-Zavohiriy AQSh va Rossiyaga 11 sentyabr voqealari 18 yilligi munosabati bilan yana terrorchilik hujumlari uyushtirish maqsadida ekanligi bilan tahdid qilgandi. U tarafdorlariga AQSh, Yevropa, Isroil va Rossiyadagi nishonlarga zarba berishga chaqirgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring