AQSh Erondagi urushga bir haftada qancha pul sarfladi?
AQSh Erondagi urushning birinchi haftasida taxminan 6 milliard dollar sarfladi. Bu haqda The New York Times (NYT) xabar berdi.
NYT xabariga ko‘ra, Pentagon bu hafta Kongressga ushbu summani e’lon qildi. Gazetaning ta’kidlashicha, ushbu summadan 4 milliard dollari asosan Eronning raketalarni ushlash tizimlari uchun o‘q-dorilarga sarflangan.
Qonun chiqaruvchilar AQSh ma’muriyati Kongressdan harbiy operatsiya uchun qo‘shimcha mablag‘ so‘rashini kutishmoqda.
28-fevral kuni AQSh va Isroil Eronga qarshi hujumlarni boshladilar va mamlakat shaharlariga havo hujumlarini uyushtirdilar. AQSh va Isroilning havo hujumlari natijasida 28-fevral kuni ertalab oyatulloh Ali Xomanaiy o‘ldirildi, ammo Eron bu xabarni faqat 1-mart kuni tasdiqladi.
Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi Isroildagi nishonlarga hujum qilib, keng ko‘lamli qasos operatsiyasini e’lon qildi. Bahrayn, Iordaniya, Qatar, Quvayt, BAA va Saudiya Arabistonidagi AQSh nishonlariga ham zarba berildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter