Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

AQSh Yevropa davlatlarini Rossiya aktivlarini Ukrainaga bermaslikka chaqiryapti

AQSh Yevropa davlatlarini Rossiya aktivlarini Ukrainaga bermaslikka chaqiryapti

Bloomberg agentligining xabar qilishicha, AQSh bir nechta Yevropa Ittifoqi mamlakatlarini Ukrainaga yordam ko‘rsatish uchun Yevropada muzlatilgan Rossiya aktivlarini ishlatish rejasini qo‘llab-quvvatlamaslikka chaqirgan. Bu haqda agentlikka bir necha yevropalik diplomatlar ma’lum qilgan.

Vashingtonning fikricha, bu qadam Rossiyaning Ukraina bo‘yicha tinch muzokaralarga tayyorligini pasaytirishi hamda Kreml bilan diplomatik muloqot imkoniyatlarini yana ham qiyinlashtirishi mumkin.

Shuningdek, muzlatilgan aktivlarni professional saqlovchi Euroclear depozitariyi joylashgan Belgiya ham ulardan foydalanishga qarshi. Chunki aktivlarni musodara qilish unga katta huquqiy va moliyaviy xatar keltirishi mumkin.

Muzlatilgan Rossiya aktivlaridan foydalanish g‘oyasi avvalroq AQSh prezidenti Donald Trampning rasmiy bo‘lmagan «tinchlik rejasi»ning dastlabki versiyasida ham bo‘lgani aytiladi.

Unga ko‘ra, aktivlarning bir qismi Ukraina tiklanish fondiga yo‘naltirilishi va foydaning ma’lum qismi AQShga ham o‘tib turishi kerak edi. Biroq keyinchalik Ukraina–AQSh muzokaralari jarayonida hujjat qayta ishlangan.

Yevropa Ittifoqida Rossiya aktivlaridan foydalanish masalasi 19 dekabr kuni bo‘lib o‘tadigan sammitda muhokama qilinishi kutilmoqda.

Oktyabrdagi avvalgi yig‘ilishda Yevropa yetakchilari bu masala bo‘yicha bir fikrga kela olmagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring