Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh prezidentligiga nomzod YTHga uchradi

AQSh prezidentligiga nomzod YTHga uchradi

Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod va Florida gubernatori Ron Desantis avtohalokatga uchradi. 

Uning matbuot kotibi Brayan Griffinning aytishicha, siyosatchi Tennessi shtatida noxush hodisaga yo‘liqqan. Bu haqda «Fox News» xabar bermoqda.

«Gubernator bugun ertalab Chattanogadagi tadbirga ketayotganda avtohalokatga uchradi. U va uning jamoasi hech qanday zarar ko‘rmadi», dedi Griffin.

Desantis bo‘lajak saylovlarda respublikachilar asosiy nomzodi Donald Trampga qarshilik ko‘rsatishi aytilmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring