Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

AQSh «Tolibon»ga 7 milliard dollarlik qurol-yarog‘ tashlab ketgani aytildi

AQSh «Tolibon»ga  7 milliard dollarlik qurol-yarog‘ tashlab ketgani aytildi

Foto: CNN

AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini olib chiqqan vaqtida mamlakatda qiymati 7 milliard dollardan ortiq bo‘lgan harbiy texnikani qoldirib ketishga majbur bo‘lgan. 

Bu haqda CNN telekanali Pentagon taqdim etgan hisobotga asoslanib xabar berdi.

Hisobotga ko‘ra, 2005-2021-yillar oralig‘ida AQSh Afg‘oniston hukumatiga 18,6 milliard dollarlik harbiy texnika taqdim etgan. 2021 yil avgustida Amerika qo‘shinlari olib chiqib ketilganidan keyin mamlakatda 7,12 milliard dollarlik texnika qolgan. Hozirda ushbu qurollar «Tolibon» hukumati ixtiyorida. 

Afg‘onistonda Amerika samolyotlari, harbiy mashinalari, qurol-yaroq, o‘q-dorilar, aloqa va boshqa jihozlar qolib ketgan.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili avgustda Kobulda Afg‘oniston Islom respublikasi qulagan, «Tolibon» hokimiyatni qo‘lga olgandi. 20 avgustda so‘nggi AQSh askari Kobulni tark etgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring