AQShning maxsus elchisi Rossiyaga boradi: bu beshinchisi

AQShning maxsus elchisi Stiv Uitkoff Isroilga tashrifini yakunlagach, Rossiyaga tashrif buyuradi.
Bu haqda Bloomberg Donald Trampning so‘zlaridan iqtibos keltirdi.
«Ha, u Isroilga, keyin esa Rossiyaga boradi», – degan Tramp 31-iyul kuni Oq uyda jurnalistlarga.
AQSh prezidentining qo‘shimcha qilishicha, u Rossiyaga Ukraina bilan o‘t ochishni to‘xtatish kelishuviga erishish uchun belgilangan muddatni o‘tkazib yuborganidan so‘ng sanksiyalar joriy etish haqida o‘ylayapti. Trampning fikricha, sanksiyalar Rossiya prezidenti Vladimir Putinning xatti-harakatlarini o‘zgartira olmaydi.
«Bizda taxminan sakkiz kun bor. Shuning uchun ha, biz sanksiyalar qo‘llaymiz. U sanksiyalardan xavotirdami yoki yo‘qligini bilmayman», - dedi Tramp.
AQSh prezidenti iyul oyi oxirida Rossiyaga 10 kunlik muddat (8-avgustgacha) – Rossiya armiyasi Ukrainada o‘t ochishni to‘xtatishi kerakligini belgilagan edi. Tramp ushbu muddat tugagach, AQSh Rossiyaga nisbatan tariflar va boshqa choralarni joriy etishini aytdi. Tramp dastlab Rossiyaga 14-iyuldan boshlab 50 kun muhlat bergan, keyin esa bu muddatni qisqartirgan.
Stiv Uitkoffning Rossiyaga mazkur tashrifi beshinchisi bщladi. U avval Rossiyaga to‘rt marta — fevral, mart va ikki marta aprelda kelgan va Vladimir Putin bilan uchrashgan.
Manba: bloomberg.com
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter