Ayol marhum erining 50 yillik sirini ochdi. Qutidan nima chiqdi?
Buyuk Britaniyalik ayol uyidagi eski pechene qutisidan oltin tangalar topib oldi. Xazinani ayolning turmush o‘rtog‘i (marhum) qariyb 50 yil yashirincha saqlab kelgan, deb yozmoqda Independent.
Bu tangalar 1970-yillarning o‘rtalarida, mamlakatda iqtisodiy inqiroz avj olgan va oltin arzon bo‘lgan vaqtda sotib olingan. O‘shanda erkak 41 ta Janubiy Afrika kryugerrandi va 21 ta Britaniya soverenini xarid qilib, yashirib qo‘ygan.
Mutaxassislar topilmani 113 000 funt sterling (taxminan 150 ming AQSh dollari)ga baholashdi.
Nashr xabariga ko‘ra, tangalar juda yaxshi saqlangan va ular bilan birga tegishli hujjatlar ham topilgan. Ayol tangalarni kimoshdi savdosiga qo‘yib, katta pulni qo‘lga kiritdi, deyiladi xabarda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter