Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayrim qirg‘iz banklari Rossiyaga pul o‘tkazmalarini chekladi

Ayrim qirg‘iz banklari Rossiyaga pul o‘tkazmalarini chekladi

Qirg‘izistonda Rossiyaning bir qator kredit tashkilotlari orqali pul o‘tkazmalarini cheklagan banklar soni bir nechtaga yetdi.

Dastlab MBank shunday qarorga kelgan bo‘lsa, uning ortidan «Bakay Bank», «Xalik Bank» (hozirgi «O!Bank»), «Bank Azii», «Kirgizkommersbank» kabilar Rossiyaga pul o‘tkazmalarini chekladi.

Shuningdek, ayrim Qirg‘iziston banklari mobil ilovalari orqali Rossiyaning «Sberbank», «MTS Bank» va «Tinkoff bank»iga pul o‘tkazmalarini cheklangan. Ular orasida o‘z mijozlariga pul mablag‘larini o‘tkazishning muqobil usullaridan – xalqaro pul o‘tkazmalari tizimlaridan foydalanishni taklif etuvchi «Keremet Bank» ham bor.

Qirg‘iziston Milliy bankining tushuntirishicha, tijorat banklari terrorizmni moliyalashtirish va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha qonun hujjatlariga rioya qilishlari shart. Respublikaning kredit tashkilotlari tomonidan Qirg‘iziston bank tizimiga xalqaro sanksiyalarning salbiy oqibatlarining oldini olish choralari ko‘rilmoqda. Shu bois, mijozlar va kontragentlar ustidan nazorat kuchaytirilib, ularning sanksiyalar ro‘yxatida yo‘qligi to‘liq tekshiruvdan o‘tkazilmoqda.

Bugun, 22-avgust kuni Qirg‘izistonning yana bir banki – «Bank Kampanon» ham Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring