Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bag‘dod markazidagi kuchli portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Bag‘dod markazidagi kuchli portlash oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi

Illyustrativ foto.

Foto:«Yandeks»

Bir necha soat oldin Iroq poytaxtining markazida portlash sodir bo‘lib, kamida 12 kishi halok bo‘ldi, 20 dan ortiq kishi jarohat oldi. Bu haqda Al Arabia telekanali Iroqning xavfsizlik manbalariga asoslanib xabar bergan. 

Telekanal ma’lumotlariga ko‘ra, bomba xudkush tomonidan portlatilgan.

Hozircha hech qaysi guruh portlash bo‘yicha murojjat bilan chiqmagan. Mas’ul tashkilotlar tekshirish ishlarini olib bormoqda.

Eslatib o‘tamiz, Bog‘dodda 2016 yil 3 iyulda ikki tomonlama terakt sodir etilgan bo‘lib, ketma-ket ikkita bomba portlagandi. Birinchi portlash Al-Karradning markaziy qismida, diniy markaz va do‘konlarning yonida olomon to‘planib turgan joyda yuz bergan. Ko‘p o‘tmay, shaharning shimoliy tumanidagi Al-Shaab bozori yaqinida uy qurilishi bombasi harakatga kelib, 292 kishi vafot etgan, 200 dan ortiq kishi turli darajadagi tan jarohati olgan edi. Hujum uchun javobgarlikni "Islomiy davlat" guruhi o‘z zimmasiga olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring