Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Bayden bir shart bilan Rossiya hududiga zarbaga ruxsat beradi

OAV: Bayden bir shart bilan Rossiya hududiga zarbaga ruxsat beradi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukraina Qurolli Kuchlariga Amerika quroli emas, balki fransuz yoki Britaniyada ishlab chiqarilgan uzoq masofali qurollar bilan Rossiya hududiga zarba berishga ruxsat berishi mumkin.

Bu haqda The Times manbalariga asoslanib xabar berdi.

"Bayden Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyga Britaniyaning Storm Shadow raketalari va ularning fransuzcha ekvivalenti Skalp raketalaridan Rossiya hududiga chuqur zarba berish uchun foydalanishga ruxsat berishi mumkin.

Bunday qaror Buyuk Britaniya va Fransiyaning qo‘llab-quvvatlashi asosida qabul qilinadi”, — deb yozadi gazeta.

Material mualliflarining ta’kidlashicha, Vashington Kiyevga o‘z ishlab chiqargan ATACAMS ballistik raketalaridan foydalanishga ruxsat bermaydi, chunki Amerika rasmiylari  "mojaroning yanada kuchayishining oldini olishga umid qilmoqda".

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring