Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

BMT Bosh kotibi Qirg‘izistonning sobiq prezidentini Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil etib tayinladi

BMT Bosh kotibi Qirg‘izistonning sobiq prezidentini Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakil etib tayinladi

Qirg‘izistonning sobiq prezidenti Roza Otunbayeva BMT Bosh kotibining maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari etib tayinlandi. Bu haqda juma kuni jahon tashkiloti matbuot xizmati tarqatgan bayonotda aytiladi.

«Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibi Antoniu Guterrish bugun qirg‘izistonlik Roza Otunbayevaning Afg‘oniston bo‘yicha yangi maxsus vakili va BMTning Afg‘onistonga yordam ko‘rsatish missiyasi rahbari etib tayinlanganini e’lon qildi», — deyiladi hujjatda.

BMT matbuot xizmati Otunbayeva «boshqaruv, diplomatiya, fuqarolik ishtiroki va xalqaro hamkorlik sohasida 35 yillik tajribaga ega» ekanini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchu, Roza Otunbayeva 2010-yil 3-iyuldan 2011-yil 1-dekabrgacha Qirg‘iziston prezidenti lavozimida ishlagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring