Bosforda cho‘kib ketgan rossiyalik sportchining jasadi besh oydan so‘ng topildi
Turkiya dengiz politsiyasi Bosforda noma’lum erkakning jasadini topdi.
Jasad besh oy avval yo‘qolgan rossiyalik suzuvchi Nikolay Svechnikovga tegishli ekani aniqlandi. Uni sportchining onasi Galina Svechnikova tatuirovkalari orqali tanigan. Hali DNK ekspertizasi ham o‘tkaziladi.
Rossiyalik suzuvchi, 29 yoshli sport ustaligiga nomzod Nikolay Svechnikov o‘tgan yilning 24 avgust kuni Istanbuldagi Bosfor bo‘g‘ozida qit’alararo suzish musobaqasida ishtirok etgan, biroq marraga yetib bora olmagan. Musobaqa tashkilotchilari suzuvchining cho‘kib ketganini bir necha soatdan keyingina payqashgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter