Buyuk Britaniyada koronavirusdan emlangan Uilyam Shekspir vafot etdi
Vaksinatsiya boshlanganidan beri Buyuk Britaniyada COVID-19ga qarshi ikkinchi bo‘lib emlangan Uilyam Shekspir vafot etdi. NSN ma’lumotlariga ko‘ra, u 81 yoshda bo‘lgan.
Nashr etilgan xabarlarga ko‘ra, Shekspirning o‘limiga koronavirus infeksiyasiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan uzoq davom etgan kasallikdan keyingi insult sabab bo‘lgan. Bemor o‘tgan yili 8-dekabr kuni Koventri universiteti klinikasida Pfizer preparati bilan emlangan.
Shu bilan birga, Britaniyaning 91 yoshli fuqarosi Margaret Kinan dunyoda koronavirusga qarshi emlangan birinchi odam hisoblanadi. Ayol vaksinani Shekspir bilan bir joyda va bir kunda olgan.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter