Charli Kirkning ehtimoliy qotili qo‘lga olindi

Amerikalik faol Charli Kirkni o‘ldirishda gumonlanayotgan 22 yoshli Yuta shtati fuqarosi Tayler Robinson qo‘lga olindi. Robinsonning otasi huquq-tartibot idoralariga o‘g‘lini hibsga olishda yordam bergan. Bu haqda CNN manbalarga tayanib xabar berdi.
Telekanalning xabar berishicha, yigit otasiga qilgan ishini tan olgan. Ota o‘g‘liga taslim bo‘lishini aytgan, deb da’vo qilmoqda telekanal. Erkak yoshlar jamoatining pastorini yordamga chaqirdi. Pastor, o‘z navbatida, gumonlanuvchini hibsga olgan AQSh marshallariga qo‘ng‘iroq qilgan.
CNN xabaridan sal oldin AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida jinoyatchi qo‘lga olingani va uni politsiyaga yaqin kishisi topshirganini aytdi.Bir kun avval Federal qidiruv byurosi gumonlanuvchini qo‘lga olishga yordam beradigan ma’lumot uchun 100 ming dollar mukofot va’da qilgan edi.
Charli Kirkga suiqasd 10-sentyabr kuni sodir bo‘lgan. Faol shifoxonada vafot etgan. Donald Tramp marhumning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter