Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Chechenistondagi portlashda besh kishi halok bo‘ldi

Chechenistondagi portlashda besh kishi halok bo‘ldi

Chechenistonda qurilish maydonchasidagi portlash oqibatida besh kishi halok bo‘ldi.

Checheniston respublikasining baland tog‘li Itum-Kalin tumanidagi Bashin-Kali qishlog‘idagi qurilish maydonchasida gaz ballonlari portlagan. 

Hududdagi Shatoy qishlog‘idagi shifoxona qabulxonasi «Interfaks»ga besh kishi halok bo‘lgani, yana 21 kishi yaralangani haqidagi ma’lumotni tasdiqlangan. Avval ham mahalliy Telegram kanallari portlash haqida xabar bergan edi.

«Izvestiya» nashri bu «Dagspetsstroy» MChJ ob’yekti ekanligini yozadi. «Rossiya 24» telekanali Telegramida portlash joyidan olingan videoni e’lon qildi.

Tergov qo‘mitasining Chechen Respublikasi boshqarmasi tomonidan qurilish ishlarini olib borishda qoidabuzarlik moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring