Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Damashqda prezidentning otasiga o‘rnatilgan yodgorlik ag‘darib tashlandi

Damashqda prezidentning otasiga o‘rnatilgan yodgorlik ag‘darib tashlandi

Damashqning Jaramana tumanida Suriyaning hozirgi prezidentining otasi — Hafiz Asadga o‘rnatilgan yodgorlik ag‘darib tashlandi.

Ushbu tumanda asosan falastinliklar va druzlar istiqomat qiladi. Druzlar avvalgi urushda Asad tomonida terrorchilarga qarshi jang qilgan.

Arab matbuoti yozishicha, Suriya qo‘shini Damashqdan 10 kilometr olisdagi Muadamiyat ash-Shama shahrini tashlab chiqqan.

Hozirda Damashq radikal islomchilar, muxolifat va kurdlar tomonidan o‘rab olingan, deyilmoqda.

Ayni paytda Qatardagi «Ostona formati»da Turkiya, Eron va Rossiya tomonidan Suriya taqdiri muhokama qilinmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring