Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Donald Tramp aybdor deb topildi

Donald Tramp aybdor deb topildi

AQSh tarixida birinchi marta sobiq prezident jinoiy javobgarlikka tortildi.

Nyu-Yorkdagi hakamlar hay’ati AQSh prezidenti Donald Trampni hujjatlar soxtalashtirishda aybdor deb topdi. Endi sud AQShning sobiq prezidenti uchun jazo choralarini aniqlaydi. Hukm 11 iyul kuni e’lon qilinadi.

Hakamlar hay’ati Trampning 2016 yilgi qayta saylanish kampaniyasiga tahdid solgan aktrisa Stormi Denielsga to‘lovlarni yashirish uchun hujjatlarni soxtalashtirishda va boshqa bandlar bo‘yicha aybdor deb topdi. Shu tarzda u AQSh tarixida birinchi marta jinoiy ish bo‘yicha ayblangan sobiq prezident bo‘ldi.

Donald Tramp hakamlar hay’atining ushbu hukmi yakun emasligini bildirdi. Trampning advokati qaror ustidan shikoyat qilinishini aytdi. 

Sud natijalariga qaramay, Donald Tramp prezidentlikka o‘z nomzodini qo‘yishi va hatto unda yutib chiqishi ham mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring