Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Dubay aeroporti yangi rekord o‘rnatdi

Dubay aeroporti yangi rekord o‘rnatdi

Foto: Simple Flying

Dunyoning eng ulkan transport xablaridan biri sanalgan Dubay xalqaro aeroporti yangi rekord o‘rnatdi. 2024-yilning dastlabki olti oyida 44,9 mln yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi, bu 2023-yilning shu davridan 8 foiz ko‘pdir.

Joriy yil olti oyida Dubai Airports eng ko‘p yo‘lovchini Hindistondan qabul qilgan — 6,1 mln kishi. Keyingi o‘rinlarda — Saudiya Arabistoni (3,7 mln), Buyuk Britaniya (2,9 mln), Pokiston (2,3 mln), AQSh (1,7 mln), Rossiya (1,3 mln) va Germaniya (1,3 mln).

Kompaniya matbuot uchun bergan ma’lumotga ko‘ra, shu davrda Dubay jami 216 mingta aviareysni qabul qilgan. Aeroport xizmatidan eng ko‘p foydalanilgan oy — yanvar (7,9 mln yo‘lovchi).

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring